Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professor-o‘qituvchilar sportda kuch sinashdi
11:59 / 2021-10-03

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida professor-o‘qituvchilar hamda o‘quv-yordamchi xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va futbol kabi turlari bo‘yicha bellashdi. Qiziqarli kurash va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqalar yakunida g‘oliblar aniqlandi.

Shaxmat bo‘yicha birinchi o‘rinni katta serjant Qutbiddin Jumaboyev, ikkinchi o‘rinni podpolkovnik Baxtiyor Umrzakov, uchinchi o‘rinni podpolkovnik Xasan Akrambayev egallagan bo‘lsa, sportning shashka turi bo‘yicha birinchi o‘rin mayor Gulnoza Maxmudova, ikkinchi o‘rin katta leytenant Feruza Matyakubova hamda uchinchi o‘rin kichik serjant Laylo Jabbarovaga nasib etdi.

Stol tennisi bo‘yicha bahslarda ayollar o‘rtasida birinchi o‘ringa kichik serjant Dilbar Raxmetova, ikkinchi o‘ringa safdor Ra’no Inoyatova, uchinchi o‘ringa safdor Matluba Mashkurova hamda erkaklar o‘rtasida birinchi o‘ringa podpolkovnik Sur’at Karimov, ikkinchi o‘ringa katta leytenant Ilyos Ko‘chimov,  uchinchi o‘ringa katta serjant Rustam Meliboyev sazovor bo‘ldi.

Futbol bo‘yicha musobaqalarda institutning o‘quv bo‘limi, ta’minot guruhi, axborot resurs markazi xodimlaridan iborat jamoalar eng yaxshi ko‘rsatkichga erishib, faxrli o‘rinlarni oldi.

G‘olib jamoalar va sovrindor xodimlar esdalik sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA