Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida onlayn aloqalar oʻrnatildi
16:16 / 2020-04-15

Butun insoniyatning boshiga kelgan bu sinov bizni ham chetlab oʻtmadi.


Butun insoniyatning boshiga kelgan bu sinov bizni ham chetlab oʻtmadi. Global muammoga aylanib tobora avj olayotgan koronavirus pandemiyasi oldimizga bir qancha qiyinchilik va toʻsiqlarni qoʻymoqda. Mana shunday keskin vaziyatda barcha sohalar kabi taʼlim tizimida ham aniq va samarali choralar koʻrish talab etilmoqda.

Koronavirus tufayli mamlakatimizda yuzaga kelgan tashvishli holat taʼlim tizimida ham bir qator murakkablikni yuzaga keltirgani barchamizga ayon. Prezidentimiz xalqimizni oʻylab jon kuydirib ishlayaptilar. Pandemiyaga qarshi barcha zaruriy choralarni oʻz vaqtida koʻrish uchun qarorlar qabul qilyaptilar.

Yurtboshimiz biz yoshlarga alohida eʼtibor qaratib: “Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba va oʻquvchi yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman:

Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor oʻtkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan oʻzlashtiring. Kitob oʻqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, degan soʻzlari taʼlim olayotgan biz yoshlarga iftixor tuygʻusi bilan birgalikda masʼuliyat hissini ham anglatdi.

Bizning Toshkent temir yoʻl muhandislari institutimizda joriy yilning 1-aprel sanasidan moodle.tashiit.uz masofaviy taʼlim platformasida oʻqitish tashkil etildi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida onlayn aloqalar oʻrnatildi. Bundan tashqari institutning Facebook, Youtube tarmoqlaridagi sahifalarida ham sohaga oid qiziqarli onlayn darslar tashkil etildi.

Institutimizning moodle.tashiit.uz masofaviy taʼlim platformasida oʻquv dasturiga kiritilgan barcha fanlar maʼruzalarining matn va videolarini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek amaliyot, mustaqil ish, laboratoriya, kurs ishi (loyihasi), loyiha-hisob ishlari va boshqa topshiriqlarni elektron variantini oʻqish, koʻchirib olish va topshirish imkoniyati mavjud.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti elektron kutubxonasi ham samarali faoliyat yuritmoqda. Elektron kutubxona manzilida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, lugʻatlar, laboratoriya ishlari, maʼruza matnlari va yana boshqa koʻplab manbalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Talabalarning karantindagi boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish maqsadida Telegram mesenjeri orqali tashkil etilgan institutimizning onlayn guruhida turli interaktiv tanlovlar, xususan “Zukko kitobxon” tanlovi muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Qadrli doʻstlar, yurt kelajagi boʻlgan yoshlar!

Biz jonajon yurtimizning ishongan togʻimiz, millat kelajagi, yangi Oʻzbekistonning boʻlajak bunyodkorimiz.

Biz buyuk yurt farzandlarimiz, biz buyuk ajdodlarning vorisimiz, yuragimizda joʻsh urib turgan Vatan tuygʻusi bilan birgalikda, yelkamizda ertangi kun masʼuliyati, xalqimi va Yurtboshimiz ishonchi bizni teran fikrlashga, mustaqil yurtimizning ertangi kuniga daxldorlik hissi bilan yashashga undaydi.

Biz mana shu koʻrinmas baloga qarshi kurashishda masofadan turib taʼlim olib, izlanishdan, kitob oʻqishdan toʻxtamasdan xalqimizga va muhtaram Prezidentimizga yelkadosh boʻlishimiz farzandlik burchimizdir!

Qanchadan qancha ogʻir sinovlarni boshidan oʻtkazgan matonatli xalqimiz yakdil boʻlib, Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, “bir musht boʻlib” harakat qilsak, Yaratganning madadi bilan bu sinovni ham albatta yengamiz!

Aʼzamjon Umaraliyev,

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

toʻrtinchi bosqich talabasi