Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
15:31 / 2017-12-06

Endi talaba bo‘lgan yigit-qizlar maxsus sinovdan so‘ng chet tili bo‘yicha bilim darajasiga qarab uch guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarga qatnashadi. Birinchi guruh ingliz tilidagi ilk ko‘nikmalarni o‘rgansa, ikkinchi guruhda o‘rtacha o‘zlashtirgan talabalar jam bo‘ladi.

Endi talaba bo‘lgan yigit-qizlar maxsus sinovdan so‘ng chet tili bo‘yicha bilim darajasiga qarab uch guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarga qatnashadi. Birinchi guruh ingliz tilidagi ilk ko‘nikmalarni o‘rgansa, ikkinchi guruhda o‘rtacha o‘zlashtirgan talabalar jam bo‘ladi. Chet tilida erkin so‘zlasha oladigan, tarjima qilish qo‘lidan keladigan talabalar esa uchinchi guruh mashg‘ulotlariga yo‘naltiriladi. Bu mashg‘ulotlar chuqurlashtirgan bo‘lib, talabadan ko‘proq bilim va harakat talab qiladi.

Bundan bir necha yil oldin mamlakatimizning eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarga xuddi shu usulda chet tillari o‘qitilardi. Bugun-chi? Xorijiy tillarni o‘qitishda qanday yangi usullardan foydalanilmoqda? O‘qitish jarayoni xalqaro talablarga mosmi? Ayni jarayonda qo‘lga kiritilgan natijalar qanday?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Milliy universitetining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarga shu kabi masalalar yuzasidan axborot berildi.

6 bakalavr, 5 magistratura yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlayotgan universitetning xorijiy filologiya fakulteti zimmasiga bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalar yuklatilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari chet tillari (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha o‘quv-rejalar va darsliklarni takomillashtirmoqda. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishga xorijning nufuzli universitetlari professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Nemis filologiyasi kafedrasining 11 nafar talabasi Germaniyaning Vestfaliya universitetida o‘qib qaytdi.

O‘zMU joriy yilda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan 9 shartnoma va memorandum imzoladi. Moskva davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston universiteti, Buyuk Britaniyaning Aston universiteti qoshidagi Fotonika texnologiyasi instituti, Germaniyaning Bavariya tabiiy hamda gumanitar fanlar akademiyasi, Italiyaning Milan va Piza universitetlari, Janubiy Koreyaning Osiyo va Tinch okeani nazariy fizika ilmiy markazi bilan ilmiy-amaliy aloqalar rivojlanib bormoqda.

Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha asosiy fanlardan tayyorgarligi va chet tillarni mukammal bilishi xalqaro olimpiada va anjumanlarda faol qatnashishga imkon bermoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.