English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional tennischilar assotsiatsiyasi kelgusi yildan 20 yoshgacha bo‘lgan tennischilarni qo‘llab-quvvatlaydi
18:06 / 2023-12-22

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) 2024 yildan e’tiboran yoshlar o‘rtasidagi yakuniy turnir qoidalariga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kelgusi yildan 20 yoshdan katta tennischilarga ATR tizimidagi musobaqalarda qatnashishiga ruxsat berilmaydi. Shu kungacha yosh chegarasi 21 ni tashkil etgandi. 

Assotsiatsiya tomonidan yangi yildan ATR reytingida 350 talik ro‘yxatdan joy olgan va 20 yoshgacha bo‘lgan tennischilar qo‘llab-quvvatlanishi, bir yil davomida ularning 100 va 125 toifasiga kiruvchi sakkiztagacha “Chellenjer” turnirlarining asosiy bahslarida ishtirok etishi ta’minlanishi belgilanmoqda. 

Top-250 talikka kirgan 20 yoshgacha bo‘lgan tennischilar esa qo‘shimcha ravishda bitta ATP 250 turnirining asosiy turida, ikkita ATP 250 musobaqasi saralash o‘yinlarida qatnashishi kafolatlanadi. Bu qoidalar faqat bir haftada uch yoki undan ko‘p ATP turnirlari o‘tkazilgan haftalarda qo‘llanilishi bildirilmoqda. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA