Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional ta’limda kredit-modul tizimi joriy etiladi
13:58 / 2023-12-12

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, professional ta’lim tizimi, ya’ni texnikumlarda kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qaror bilan texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Nizomda ko‘ra, o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashda kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi va ta’lim sifati ta’minlanadi. Shuningdek, 

O‘quvchilar tomonidan o‘quv yili va semestr davomida to‘planadigan kreditlar miqdori va o‘zlashtirish lozim bo‘lgan fanlarni belgilash;

o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlashda kredit-modul tizimini bosqichma- bosqich joriy etish hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishini baholash;

o‘quvchilar akademik mobilligi hamda kreditlarni tan olishni amalga oshirish, kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini tashkil etish belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha ta’limning kredit-modul tizimiga texnikumlarni bosqichma-bosqich o‘tkazib borish choralarini ko‘radi.

O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etiladigan professional ta’lim yo‘nalishlari, kasb va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari qayta ishlab chiqiladi.

Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni 2024 yil 1 yanvardan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilishi orqali malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari takomillashtirilishini va tinglovchilarning muayyan modul (fan) bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanishi ta’minlanadi.

Rahbar va pedagog xodimlarning malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi hamda har o‘quv kursi yakuni bo‘yicha ta’lim natijalari monitoring qilib boriladi.

O‘zA