FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida professional shaxmatchilar o‘rtasida «O‘zbekiston professional shaxmat ligasi» turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa ishtirokchilari ikki guruhga bo‘lingan holda dona surdilar. Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra, reyting ko‘rsatgichi 2000 dan yuqori bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Akbarali Abduhakimov g‘olib deb topildi. Keyingi o‘rinlar Davron Sharipov hamda Javohir Bozorovga nasib etdi.
Reyting ko‘rsatgichi 1600 dan yuqori bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvda Zilola Aktamova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Maftuna Bobomurodova ikkinchi, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
[gallery-18041]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA