French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional hakamlik sport rivojiga xizmat qiladi
16:03 / 2025-09-15

Har bir sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda adolat va xolislikni ta’minlashda hakamlarning o‘rni beqiyos.

Toshkent shahrida “Kurash sportida hakamlik me’yorlari” mavzusida o‘tkazilgan global sammit aynan malakali hakamlarni tayyorlash, ularning bilim darajasini boyitish, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

Xalqaro kurash instituti tomonidan tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan sammitda dunyoning ko‘plab davlatlaridan kurash mutaxassislari qatnashmoqda.

Sammitning ilk kunida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, texnik direktor Ravi Kapur, Xalqaro kurash instituti rektori Habibulla Tojiyev, KSA texnik direktori Ali Shaxirkani hamda institut ekspertlari, mutaxassislar kurash yaktagi va gilamiga oid masalalarni atroflicha muhokama qilishdi.

Sammit 16 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA