Professional futbol maktablari ligasida namanganliklar g‘olib
Toshkent viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasida 2009 yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasidagi "Professional futbol maktablari ligasi"ning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan jamoasi Farg‘ona yoshlari ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shu tarzda Namangan va Farg‘ona jamoalari 1-va 2-o‘rinlardan joy olgan bo‘lsa, sirdaryolik futbol maktabi vakillariga uchinchi o‘rin nasib etdi.
Musobaqa davomida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi. A.Nurmuhammedov (Sirdaryo) “Eng yaxshi darvozabon”, M.Mamatov (Farg‘ona) "Eng yaxshi futbolchi”, Sh.Nuralibekov (Namangan) "Chempionat to‘purari” sifatida e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA