Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional bokschimiz WBC Gran-prisining 1/2 finalida
10:45 / 2025-10-19

Bugun, 19 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisining 1/2 final janglari bo‘lib o‘tadi.

Kecha 1/2 final janglari oldidan bokschilar rasmiy tarozidan o‘tish tadbirlarida qatnashdi hamda face to face marosimlarida ishtirok etdi.

Aytish lozim, joriy yilning 12 avgust kuni Saudiya Arabistonida mazkur gran-pri turnirining 1/4 finalida hamyurtimiz ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lub etgan holda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Tarozida Mujibillo raqibidan yengilroq tosh bosdi. Lozan - 64,3 kg., Tursunov esa roppa-rosa 64 kg. vazn ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Tursunov ishtirok etadigan boks kechasi davomida 8 ta juftlik o‘rtasida janglar tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA