Professional bokschimiz Bishkekda g‘alaba qozondi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan kechada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi g‘alabaga erishdi.
Havaskor boksda 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldorov 6 raundlik jangda qirg‘izistonlik Argen Kadirbek Uulu bilan ro‘baro‘ keldi.
Professional boksda yettinchi marta ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz raqibini 5 raundda texnik nokautga uchratib, navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur boks oqshomida ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov ham ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq hamyurtimizning sog‘lig‘i tufayli 12 raundga mo‘ljallangan ushbu to‘qnashuv qoldirildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA