Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional bokschilarimizning g‘alabali odimlari
12:47 / 2018-05-07

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks kechasi o‘tkazildi.

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks kechasi o‘tkazildi.

Musobaqada bokschilarimiz bilan birga Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari o‘zaro raqobatlashdi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan boks kechasining markaziy jangi hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov va rossiyalik Vladimir Chudinov o‘rtasida o‘tdi.

Ular 12 raund davomida “WBC Silver” kamari uchun o‘zaro bellashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda Azizbek ochkolar hisobida g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa tajribali bokschimiz professional ringdagi o‘n birinchi g‘alabasiga erishdi.

Shuningdek, musobaqada bokschilarimizdan Ulug‘bek Sobirov gruziyalik Georgi Jinxaradzeni, Jamshid Najmiddinov gruziyalik Kaxa Avetisyanni, Bekzod Tursunboyev indoneziyalik Roy Muxlisni, Umid Rustamov gruziyalik David Ribakonini, Olim Nazarov gruziyalik Xvicha Gigolashvilini, Jasur Ahmadjonov indoneziyalik Stevi Ongen Ferdinandusni, Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik Tvaxa Kidukuni mag‘lubiyatga uchratdi.

6.jpg

7 (1).jpg

13.jpg

14 (1).jpg

15.jpg

23.jpg