Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional bokschilarimiz g’alaba qozonishda davom etmoqda
18:38 / 2019-04-11

Mamlakatimiz sharafini professional boksda himoya qilayotgan Bahodir Jalolov, Xurshidbek Normatov, Islombek Sultonov va Mirzamuhammad Hikmatullaev navbatdagi janglarini o’tkazishdi.

Mamlakatimiz sharafini professional boksda himoya qilayotgan Bahodir Jalolov, Xurshidbek Normatov, Islombek Sultonov va Mirzamuhammad Hikmatullaev navbatdagi janglarini o’tkazishdi.

АQShning Nьyu-York shahrida o’tgan “NABF Junior Heavyweight Title” kamari uchun o’tgan bellashuvda Bahodir Jalolov amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qildi. Mazkur jangning ilk raundidayoq hamyurtimiz raqibini texnik nokautga uchratdi va dastlabki kamarini qo’lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir yengilmas bokschimiz Xurshidbek Normatov mazkur boks kechasida amerikalik Kelvin Metkalfga qarshi ringga ko’tarildi. Keskin va murosasiz o’tgan bahsda Xurshidbek ochkolar hisobida g’alaba qozondi.

Rossiyada o’tkazilgan professional boks musobaqasining super og’ir vazn toifasidagi bahslarda hamyurtlarimiz Islombek Sultonov va Mirzamuhammad Xikmatullaev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Islombek o’zining ilk jangini tojikistonlik Murodjon Toshevga qarshi o’tkazib, birinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. Mirzamuhammad esa rossiyalik Mogamed Bittuevni ochkolar hisobida yengdi.