Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Xurshid Tojiboyev g‘alabaga erishdi
13:58 / 2023-12-16

Havaskor boksda qit’a chempionligiga erishgan, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev Fransiyada o‘tkazilgan professional boks kechasida g‘alabaga erishdi.

Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida hamyurtimiz fransiyalik Kaddur Hmiani bilan navbatdagi jangini o‘tkazdi.  

Sakkiz raund etib belgilangan jang oltinchi raundda referi tomonidan to‘xtatildi. Tojiboyev mezbon bokschini ketma-ket nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi va oltinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.    

Ushbu g‘alaba evaziga Xurshid Tojiboyev 7-jangidagi 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA