Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Usikning ketishi Jalolovning reytingiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
10:32 / 2025-11-20

Eng og‘ir vazn toifasida ukrainalik bokschi Aleksandr Usik chempionlik kamaridan voz kechdi. Butunjahon boks tashkiloti (WBO) esa britaniyalik 30 yoshli Fabio Uordlini mazkur vaznda yangi chempion sifatida e’tirof etdi hamda mazkur yo‘nalishning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Biz uchun e’tiborli jihati, hamyurtimiz, havaskor boksda ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, yengilmas bokschimiz Bahodir Jalolov WBO reytingida 10-o‘rinda qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan nigeriyalik Solomon Adebayoni mag‘lub etgan edi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA