Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Shahram Kalderonning an’anasiga chek qo‘ya oladimi?
17:10 / 2023-06-16

Xabar berganimizdek, yakshanba tonggida yarim o‘rta vazn toifasidagi professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSHning Nyu-Orlean shahrida amerikalik Xarold Kalderonga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bugun, 16 iyun kuni Nyu-Orlean shahrida har ikki bokschi ishtirokida jang oldidan matbuot anjuman tashkil etildi.

Jurnalistlarning savollariga javob berish asnosida Shahram G‘iyosov ushbu bahsning ahamiyati, raqibi 27 ta jang o‘tkazib biron marta ham mag‘lubiyatga uchramaganligiga e’tibor qaratib, "havaskor boksda 200 ta jang o‘tkazganman. Professional boksda esa hozircha 13 ta uchrashuvda qatnashdim. Yutuqlar sonidagi farq jangning har jihatdan qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi”, deya fikr bildirgan.

Anjumanda ishtirok etgan Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirn G‘iyosov – Kalderon qarama-qarshiligidagi “duel”da ustunlik texnik-taktik jihatdan o‘zbekistonlik bokschi tomonidan ekanligini e’tirof etdi, deyiladi Matchroom Boxing sayti xabarida.

Jang boshlanishiga bir kun qolganda turli xil fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Jumladan, IBFning chempionlik kamari sohibi, britaniyalik Sanni Edvards Shahramning inglizchada ravon so‘zlashi ringdagi xatti-harakati kabi bo‘lishini bashorat qilgan bo‘lsa, hamyurtimiz Shoxjahon Ergashev G‘iyosovga mazkur jangda g‘alaba qozonsa u bilan jang o‘tkazishi mumkinligiga sha’ma qilgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA