Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Shahram G‘iyosov raqibini muddatidan avval “qulatdi”
14:38 / 2025-04-13

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shahram G‘iyosov mazkur kechada argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundida raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ygan bo‘lsa, 4-raundda charm qo‘lqop ustamizning ketma-ket aniq zarbalarini ko‘rgan referi hisobni ochdi. Bu vaqtda raqib o‘ziga kela olmadi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional boksdagi 17-jangini ham  g‘alaba bilan yakunladi. Endi  bokschimizning keyingi jangi ikkita chempionlik kamari (IBF va WBA) uchun amerikalik Jaron Ennisga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA