Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Ruslan Abdullayev AQSHda g‘alabaga erishdi
23:26 / 2025-09-21

AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan “Fantasy Springs Resort Casino” majmuasida o‘tkazilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Ruslan Abdullayev jang o‘tkazdi.

Ruslan Abdullayev o‘zining professional boksdagi uchinchi jangida amerikalik Kevin Jonsonga qarshi sakkiz raundlik jangda ringga ko‘tarildi. To‘liq davom etgan jangda Abdullayev tajribali raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratdi.  

Aytish lozim, amerikalik 32 yoshli Jonson bugungacha 20 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, faoliyatidagi sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g‘alabalari soni 12 taligicha qoldi. U faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini 2018 yil iyul oyida hamyurtimiz, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarovdan qabul qilib olgandi.  

Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullayev esa bugun professional boksda uchinchi jangini o‘tkazdi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA