Professional boks: Qudratillo Abduqahhorov Joshuaga qarshi jang o‘tkazadi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida jang olib boradigan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov joriy yilning 22-martida amerikalik Joshua Anton bilan ro‘baro‘ keladi.
AQSHning Kaliforniya shtati, San Bernardino shahridagi "National Orange Show Event Center” majmuasida o‘tkaziladigan mazkur jangga AQSHda tayyorgarlik ko‘rayotgan Abduqahhorov kuni kecha birinchi o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Sebastyan Fundora bilan sparring mashg‘ulot o‘tkazdi.
Aytish lozim, Fundora joriy yil 29-mart kuni o‘z chempionlik kamarini Kit Turmandan himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, bugungacha Qudratillo Abduqahhorov professional boksda 27 ta jang o‘tkazib, 22 g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Joshua hisobida esa 12 ta jang va 12 ta g‘alaba mavjud.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA