Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Murodjon Ahmadaliyevning jang sanasi e’lon qilindi
11:38 / 2023-02-09

"Matchroom Boxing" professional boksning WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha yarim yengil vazn toifasida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ishtirokidagi navbatdagi jangni rasman e’lon qildi.

Professional bokschimiz joriy yil 8 aprel kuni AQSHning Texas shatatida o‘tkaziladigan professional boks oqshomida o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi.  

Ahmadaliyev bugungi kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.  

30 yoshli Marlon Tapales esa professional boksda 39 marotaba ringga ko‘tarilgan. Janglarining 36 tasida g‘alabaga erishgan (19 ta nokaut). 3 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA