Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Mo‘ydinxo‘jayev va Ummataliyevning raqiblari ma’lum
14:00 / 2025-11-27

Ertaga, 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida mahoratli bokschilarimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda Javohir Ummataliyev ringga ko‘tariladi.

Yaqinda “Queensberry Promotions” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan bokschilarimizdan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Aydos Tastayev, havaskor boksda jahon chempionligiga erishgan Javohir Ummataliyev Ozarbayjon vakili Rahim Aliyevga qarshi jang o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA