Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Jalolov kuchlilar bilan jang o‘tkazish niyatida
14:13 / 2023-08-30

Yengilmas bokschimiz Bahodir Jalolov kuni kecha jurnalistlarga bergan intervyusida kelgusi rejalari haqida so‘z yuritdi.

—Joshua yoki Usik bilan jang o‘tkazishim borasida savollar berilyapti. Har qanday jangga tayyorman. O‘zim ham Joshua, Usik singari nomdor bokschilar bilan ro‘baro‘ kelishni istardim, — dedi B.Jalolov.  

Yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani, 3-4 ta jangdan keyin top-10 dagi yaxshi raqiblar bilan uchrashuv o‘tkazilishi va’da qilingani, keyingi yil ham professional boksda 2-3 ta jang o‘tkazishini bildirib o‘tdi.  

Eslatib o‘tamiz, Jalolov 27 avgust kuni AQSHda o‘tkazilgan jangda nigeriyalik Onoriode Ehvariyemeni ilk raunddayoq nokautga uchratib, o‘zining 13-g‘alabasini tantana qilgan edi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA