Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi
14:18 / 2022-08-06

Munosabat

Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan xalqchil siyosat tufayli davlat xizmatchilari bugun aholiga ancha yaqinlashdi.

Xalq bilan muloqot qilish ularni eshitish, mablag‘larni odamlar talabiga qarab yo‘naltirish, “mahallabay” ishlash tizimlari yo‘lga qo‘yilib davlat xizmatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning 4 avgust kuni yurtboshimiz raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni belgilab berar ekan, davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun tayyorlanganini alohida qayd etdi.

Darqaqiqat, mustaqillikning ilk yillaridan buyon davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi va ularning faoliyati bilan bog‘liq boshqa muhim qoidalarni o‘zida aks ettiruvchi qonunga ehtiyoj bor edi. 
Ammo 30 yil davomida bu kabi qonun loyihasi bir necha bor ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ammo Parlament darajasida muhokama qilinmagan.

Davlat rahbarining siyosiy irodasi va tashabbusi bilan bugun mazkur kompleks hujjat Senat tomonidan ma’qullanganligi muhim ahamiyatga ega.

Chunki davlat xizmatida ishlayotgan xoh amaldor, xoh oddiy xizmatchi bo‘lsin o‘zining kelajagini ushbu tizimda ko‘rishi qiyin edi.

Yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Shu maqsadda yil yakuniga qadar barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtirilishi, bo‘sh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat so‘ralmasdan barcha jarayonlar elektron shaklga o‘tkazilishi belgilandi. 
Bunda, nomzodlarning bilimi, tajribasi va salohiyati ochiq tanlov orqali aniqlanadigan bo‘ldi.

Yig‘ilishda mazkur ochiq tanlov tizimi tajriba tariqasida, Samarqand viloyati va Davlat soliq qo‘mitasida sinovdan o‘tkazilganligi qayd etilib, ushbu tajribani tizimli ravishda barcha vazirlik va idoralarda ham joriy etilishi belgilandi. 
bugungi kunda Navoiy viloyatida 5475 nafar davlat xizmatchilari mavjud bo‘lib, ularning 1163 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 1238 nafarini ayollar tashkil etadi.

Ushbu davlat xizmatchilarining 4508 nafari oliy ma’lumotli kadrlardir.  

Ayni paytga qadar viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlaridagi 4338 ta mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlar tashkil etilib, ularga jami 29 ming nafardan ortiq fuqaro hujjat topshirgan.

Tanlovlar yakuniga ko‘ra, 1536 nafar fuqaro davlat xizmatiga qabul qilindi.

Viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan mahalliy hokimliklar apparatidagi lavozimlarga ham ishga qabul qilish to‘liq ochiq tanlovlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 141 nafar munosib kadrlar hokimliklarga ishga qabul qilingan.

Viloyatdagi 330 ta mahallaga hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli lavozimlariga 990 nafar munosib kadrlar ochiq mustaqil tanlovlar orqali ishga qabul qilinishiga erishildi.

Yig‘ilishda Davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasida ham muhim vazifalar belgilandi. Xususan, xorijiy o‘quv markazlari bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etilib, vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘tgan 3 yil davomida viloyat bo‘yicha 1160 nafar davlat xizmatchilarining Davlat boshqaruvi akademiyasi, uning Samarqand viloyat filiali hamda boshqa malaka oshirish markazlarida turli shakllarda malakalari oshirildi. 

Abror Latipov, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 

Navoiy viloyat filiali bosh inspektori. 

O‘zA