Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Probatsiya xizmati o‘quv seminarlarini tashkil etmoqda.
12:42 / 2019-08-27

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 1 yanvaridan o‘z faoliyatini boshlagan Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari qisqa davr ichida o‘zining samarali faoliyati bilan ichki ishlar organlari tizimida yuksak ahamiyat kasb eta oldi.


Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 1 yanvaridan o‘z faoliyatini boshlagan Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari qisqa davr ichida o‘zining samarali faoliyati bilan ichki ishlar organlari tizimida yuksak ahamiyat kasb eta oldi.

Mazkur xizmatning yanada samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribalardan andoza olgan holda yangi innovatsion tizimni yaratish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishida xalqchil faoliyatni amalga oshirish maqsadida ilg‘or xalqaro tajribalarning o‘rganilishi yo‘lga qo‘yildi.

263902350_92415.jpg

Jumladan, Probatsiya xizmatida ish boshlagan xodimlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Marokash davlatlarida Probatsiya xizmatining faoliyati qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatni ommalashtirish, jinoyat ijroiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda mazkur davlatlarda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro va nazorat etilishi qanday tartibda amalga oshirilayotganligi bilan tanishib qaytdilar.

Probatsiya xizmati amaliyotida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib joriy qilish, xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb etgan holda o‘zaro tajriba almashish maqsadida mamlakatimizda ham Probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida seminar-terninglar o‘tkazilmoqda.

263902683_92523.jpg

Xususan, Qirg‘iziston Respublikasidagi qamoqxonalarni isloh qilish xalqaro vakilligi tomonidan xalqaro ekspert Moldova Respublikasi Probatsiya xizmatining sobiq rahbari Vladimir Yakubovich Popa ishtirokida “Yangi hayot sari – oila bag‘riga qaytish” mavzusida seminar-trening Samarqand viloyatida o‘tkazildi.

Samarqand viloyati IIB Probatsiya bo‘limi shahar (tuman) ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linma (guruh)lari xodimlari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarning reabilitatsiyasi va jamiyatga qayta moslashuvini ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashib, ushbu yo‘nalishda xalqaro ekspert va mutaxassislarning tajribasi hamda fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

263903368_93485.jpg

O‘quv seminar-trening yakunida Qirg‘iziston Respublikasidagi qamoqxonalarni isloh qilish xalqaro vakilligi va xalqaro ekspert Vladimir Yakubovich Popa tomonidan Samarqand viloyati IIB Probatsiya bo‘linmalaridan qatnashgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

Bu kabi o‘quv seminar-treninglar respublikamizning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Probatsiya xizmati Matbuot guruhi