Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Pro-tur III» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi
10:04 / 2026-02-18

Poytaxtimizda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Pro-tur III» musobaqasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur musobaqada ishtirokchilar ikki kun davomida o‘zaro raqobatlashdi. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslar finalida Adelina Hasanova hamda Asel Erkebayeva o‘zaro bahslashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda Adelina g‘alaba qozonib, turnir g‘olibiga aylandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Arujan Kamalova hamda Mehriniso Norqulova bronza medal bilan taqdirlandi.

Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida esa Shohrux Iskandarov, Muxriddin Rajabov, Qutbidillo Teshaboyev va Xurshidbek Ahmedov shohsupaga ko‘tarildi.

Shu tariqa, «Pro-tur III» musobaqasida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan stol tennischilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA