Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“PRO-TUR II” musobaqasida yarim finalchilar aniqlandi
10:51 / 2025-12-22

Poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan “PRO-TUR II” musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda. Turli yosh va toifadagi kuchli sportchilar ishtirok etayotgan ushbu musobaqa yuqori raqobat darajasi bilan ajralib turibdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ham yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Guruh bosqichida 45 ta guruhda 1-2-o‘rinlarni egallagan 90 nafar sportchi pley-off bosqichida ishtirok etdi. Pley-off bahslari yakuniga ko‘ra, yarim finalda quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi:

— Shahbozbek (G‘ulomiddinov Farg‘ona) —Diyorbek Dilshodov (Toshkent),

— Sarvarbek G‘ulomov (Farg‘ona) —Shohrux Iskandarov (Toshkent).

Aytib o‘tish joizki, musobaqada ishtirokchilar milliy reyting tizimida to‘plagan ballari asosida avtomatik ravishda guruhlarga taqsimlandi. Bu esa sportchilarda reyting ballarini yanada oshirishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Shuningdek, bellashuvlarda nafaqat O‘zbekistonning top-10 reytingiga kiruvchi yetakchi sportchilar, balki qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mahoratli sportchilar ham ishtirok etmoqda. 64 talik to‘rdan boshlab har bir uchrashuv yuqori sur’at va keskin raqobat ostida kechmoqda.

Ayollar o‘rtasida esa guruh bosqichida har bir guruhdan 1-2-o‘rinni egallagan 22 nafar sportchi pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Unda Asel Erkaboyova  va Mehriniso Norqulova, Arujan Kamolova hamda Marhabo Magdiyeva o‘zaro raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA