Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Pro Tur II" g‘oliblari aniqlandi
17:33 / 2025-12-22

Poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha "Pro Tur II" musobaqasi yuqori saviyada va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Diyorbek Dilshodov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shohrux Iskandarov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shahbozbek G‘ulomiddinov va Sarvarbek G‘ulomov bronza medal bilan taqdirlandi. Xotin-qizlar orasida Asel Yerkebayeva, Arujan Kamalova, Marhabo Magdiyeva hamda Mehriniso Norqulova shohsupaga ko‘tarildi.

Turnir yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA