Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pro-liga bahslari keskin tus olmoqda
11:01 / 2018-09-05

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Pro-ligasining 24-turini “A“ guruhi boshlab berdi


Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Pro-ligasining 24-turini “A“ guruhi boshlab berdi.

Mazkur turda “Xorazm“ oʻz maydonida “Mashʼal“ klubini qabul qildi. Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimni hujumkor boshlagan “Mashʼal“ futbolchilari 50-daqiqada hisobni ochdi. Ushbu golga Sanjar Zokirov mualliflik qildi. 55-daqiqada mezbonlar vakili Timur Bekchanov hisobni tenglashtirgan boʻlsa, Vohid Shodiyev asosiy vaqtga qoʻshib berilgan 5-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qildi. Shu tariqa, “Mashʼal“ safarda “Xorazm“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

“Shoʻrtan“ Gʻuzorda “Norin“ jamoasini 4:0 hisobida yengdi. Oʻyinda “Shoʻrtan“ga gʻalaba keltirgan gollarni Yusuf Boʻriyev, Abbos Gʻulomov, Maʼruf Murodov, Ogʻabek Erkinov amalga oshirdi.

24-turda “Orol“ – “Andijon“, “Surxon“ – “Dinamo“ klublari oʻrtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Musobaqaning “B“ guruhidagi dastlabki oʻyinlar “Iftixor“ – “Lokomotiv BFK“, “Sherdor“ – “Xotira-79“, “Nurafshon“ – “Yozyovon“, “Zomin“ – “Gʻijduvon“ jamoalari oʻrtasida boʻladi.