Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Primore o‘lkasida amur yo‘lbarslari ko‘paymoqda
11:48 / 2021-09-23

Olimlar Primore o‘lkasining “Zemlya leoparda” milliy bog‘i hamda “Kedrovaya pad” qo‘riqxonasida yo‘lbarslar soni ancha ko‘payganini ta’kidlashmoqda. 2019 yildan keyin ularning soni 31 tadan 41 tagacha ko‘paygan, deyiladi "Zemlya leoparda" milliy bog‘i ma’muriyati.

"Olimlarning ta’kidlashicha,  Primore o‘lkasinig janubi-g‘arbida qizil kitobga kiritilgan amur yo‘lbarslarining so‘nggi yillarda ko‘payishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar to‘plangan. Bugunga kelib bu yerda 41 ta yo‘lbars va 14 ta yo‘lbars bolasi hayot kechirmoqda. 2019 yilda ularning soni 31 ta edi", - deyiladi xabarda.

Amur yo‘lbarsi – sayyoramizdagi noyob yirtqichlarning biri bo‘lib, yo‘qolib borayotgan jonivorlar sifatida Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Ekspertlarning ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda Rossiya Federatsiyasi hududida jami yo‘lbarslar soni 600 boshdan oshadi.

Mushuksimonlar oilasiga kiruvchi ushbu yirtqichlar faqat Primore o‘lkasida hamda Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh  hududlarida yashaydi. Bir nechta yo‘lbars shimoliy Koreya chegaralarida ham kuzatilgani aytiladi.