Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka uchinchi nomzod ham aniq bo‘ldi (+video)
16:10 / 2021-08-06

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari VII Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning Markaziy va hududiy kengashi hamda fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, faollar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Zoom ilovasi orqali o‘tkazilgan Plenumda 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ishtiroki, partiyadan bo‘lajak nomzod bo‘yicha takliflar kiritish masalasi muhokama qilindi.

Plenumni partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ochar ekan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Prezident saylovida munosib ishtirok etishini va buning uchun bor imkoniyatdan foydalanishini ta’kidladi.

Avvalo plenumda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng Plenum ishtirokchilarining fikr-mulohazalari asosida partiya tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Alisher Qodirov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/uOe2ecXINJM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Sherali Otaboyev, Nishonboy Abduvoitov(video), O‘zA