O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov uchrashuvda havo musaffoligini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash partiya oldida turgan muhim va asosiy maqsad ekanini ta’kidladi.
–Xo‘jalik faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini baholash, ekologik ekspertiza jarayonini yanada takomillashtirish hamda ekologik masalalarda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash tizimi joriy etish zarur, dedi nomzod. – Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni
rivojlantirishning muhim strategik dasturlarini ishlab chiqishda ekologik xavfsizlik mezonlarini qo‘llash mexanizmini joriy etish, xalqaro standartlar asosida davlat ekologik ekspertizasi tizimi tubdan isloh qilish va jamoatchilik eshituvi institutini rivojlantirish, ekologik xavf-xatarlarni sug‘urtalashning amaliy mexanizmlarini joriy etish, tabiatga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rtacha darajada xavfli toifasiga kiradigan ob’ektlarda xalqaro ekologik menejment tizimlarini joriy etish, shuningdek, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ekologik sertifikatlash qamrovini kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlari ishlab chiqishni taklif etamiz.
Nomzodning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘zA