English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov xayrli aksiyada qatnashdi
17:48 / 2021-10-06

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov namanganlik saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng viloyat markazida barpo etilgan “Afsonalar vodiysi” bog‘ida bo‘ldi.

Umumiy maydoni 155 gektar maydonga teng mazkur bog‘ qurilishi 2017 yilda boshlangan bo‘lib, jami loyiha qiymati qariyib 130 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytgacha bu maskanda dam oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, turli attraksion o‘yinlar, manzarali daraxt va ko‘chatlar ekilib, sof ekologik muhit yuzaga keltirildi. Qolaversa, ajib xiyobon Namanganda turizm salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda viloyatga sayyohlar oqimini ko‘payishiga ham xizmat qilmoqda.

Muhimi shundaki, “Afsonalar vodiysi” bog‘i so‘lim va xushmanzara bo‘lib, shahar mikroiqlimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov bog‘da amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, Ekopartiya tomonidan tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi. "Yashillar" tomonidan bog‘ hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 

Oqilxon Dadaboyev,  

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA