Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov: “Ekologik ilmiy-tadqiqot izlanishlarida ayollar va yoshlarning ishtiroki yanada oshiriladi”
15:29 / 2021-10-15

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov “yashil” taraqqiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish to‘g‘risida gapirar ekan, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida ekologik ta’lim-tarbiya tamoyillarni keng joriy etish, oliy ta’lim tizimida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashni ko‘paytirish, uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish muhim ekanligiga alohida to‘xtaldi.

– Ilm-fan sohasida “Tabiatni avaylash – hayotni asrash!” shiori ostida bir qator ishlar amalga oshiriladi, – dedi nomzod. – Jumladan, ekologik toza, chiqindisiz va resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilm-fan rivojini jadallashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida ilmiy mahsulotlar hajmi va innovatsion mahsulotlar turlari kengaytiriladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tashkilotlarning moddiy texnika bazasi yuqori samarador ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish ko‘lami oshiriladi. Eng muhimi ekologik ilmiy-tadqiqot izlanishlarida ayollar va yoshlarning ishtiroki yanada oshiriladi.

Tadbirda bir guruh partiya faollari so‘zga chiqib, nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda saylovchilarni saylovda faol ishtirok etishga, o‘ziga munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishga chaqirishdi.

Uchrashuv so‘ngida nomzod Narzullo Oblamurodov saylovchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA