O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Nomzodning saylovoldi dasturida inson hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.
– Joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarur, – dedi Narzullo Oblomurodov. – Bu borada atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash, yirik va sanoati rivojlangan shaharlarda atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish choralarini ko‘rish darkor.
O‘zA