Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov: “Aholi salomatligini saqlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi”
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvda tibbiyot sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalar ekan “Sog‘lom muhit – inson salomatligi!” shiori ostida aholi salomatligini saqlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, fuqarolarning o‘rtacha hayot davomiyligini oshirishga xizmat qiluvchi tibbiyot sohasidagi huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli tibbiyotning asosiy infratuzilmasini yaratish, tibbiyot sohasining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, tibbiy texnika va dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish muhim masalalardan ekanligini ta’kidladi.
– Aholining kam ta’minlangan qatlamlari va ekologik nomaqbul hududlar aholisi uchun ijtimoiy tibbiy xizmat ko‘rsatishning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi. Inson sog‘lig‘iga salbiy ekologik omillarning ta’sirini bartaraf etish, sifatli va to‘liq tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tibbiy sug‘urta mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etish ham dasturimizning asosini tashkil etadi, – dedi N.Oblomurodov.
Nomzodning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA.