Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova Samarqandga keldi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentliga nomzod bugun samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili, Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi B.Nasriyev ochdi va yig‘ilganlarni M.Vorisovaning tarjima holi bilan tanishtirdi.
Ayni paytda nomzod o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA