Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova oliy ta’lim muassasasida o‘qigan ikki nafar o‘g‘lining shartnoma pulini to‘lashda qiynalganini aytdi
Samarqandlik saylovchilardan biri oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-shartnoma pullari aholi real daromadlari bilan nomutanosibligini aytib, bu borada Prezidentlikka nomzodning fikrini so‘radi.
– To‘g‘ri masalani aytyapsiz, – dedi M.Vorisova. – O‘zim ham ikki o‘g‘limning kontrakt pulini to‘lashga qiynalganman. Kontrakt summalarini kamaytirish uchun avvalo oliy o‘quv yurtlariga mustaqillik berish va ular raqobat sharoitida o‘zlari aholi imkoniyatiga mos narx belgilashi kerak. Yana bir yo‘li – banklar hozirgidan ham kam foizda ta’lim kredit berishi lozim.
G‘.HASANOV, O‘zA