Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova: «Aholining barcha qatlamlariga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash kerak»
17:49 / 2021-10-15

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova Toshkent viloyatilik saylovchilar bilan uchrashuvda saylovoldi dasturidagi aholining barcha qatlamlariga yuqori sifatli va to‘laqonli tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.

– Birlamchi tibbiy yordam sifati, ayniqsa, kam ta’minlangan aholiga malakali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yanada  rivojlantirish zarur, – dedi M.Vorisova. –  Bu borada aholini, jumladan, kam ta’minlangan oilalarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, boshqa ijtimoiy-demografik zaif guruhlarni yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordamdan foydalangan holda, har yili bepul ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish kerak.

Shuningdek, aholining alohida toifalari, jumladan, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladigan dori va protezlash vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni bepul taqdim etish tizimini takomillashtirish lozim. “Dori-darmonlar va tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish darkor.

Uchrashuvda mazkur yo‘nalishdagi vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

 

A.Musayev, O‘zA