Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod “Inson o‘zgarsa — jamiyat o‘zgaradi” g‘oyasini ilgari surmoqda
15:05 / 2021-10-21

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida tashkil etilgan uchrashuvda 400dan ortiq saylovchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida nomzodning ishonchli vakili Feruza Muhammadjonova so‘z olib, Alisher Qodirovning mehnat faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Yig‘ilganlarni saylovlarda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishga chaqirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov yig‘ilganlarni saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.  

Nomzodining saylovoldi dasturi beshta ustuvor yo‘nalish va qirqdan ortiq vazifalarni o‘zida jamlagan bo‘lib, “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori hamda “Inson o‘zgarsa — jamiyat o‘zgaradi” g‘oyasi asosida ishlab chiqilgan. Jumladan, tarbiya va ta’lim, davlat boshqaruvi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash, tashqi siyosat sohasini qamrab olgan.

Shu ma’noda, partiya o‘z g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda saylovda faol ishtirok etishga harakat qilmoqda.

Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov ishtirokchilarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, u o‘z so‘zida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan so‘nggi besh yildagi islohotlar va ularning samarasiga to‘xtaldi. Nomzod O‘zbekistonchalik ayollarini qadrlaydigan mamlakatlar juda kam ekanligini, O‘zbekiston o‘z xalqini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida dunyoga namuna bo‘la olayotganini, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”larning yuritilishi bunga yaqqol misol ekanligini ta’kidlash bilan o‘z nutqini davom etdirdi va partiya aynan ushbu tizimni yanada takomillashtirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. Tadbirda turli soha vakillari ham so‘zga chiqib, nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.  

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA