Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov yosh olimlar bilan davra suhbati o‘tkazdi
16:48 / 2021-09-29

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida yosh olimlar bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi.

Hozirgi paytda dunyoda kechayotgan shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob berish mumkindir. Adolatli jamiyat va adolatparvar davlat barpo etishda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyaning ahamiyati beqiyos.  

Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishda bir qator g‘oya va takliflar,  xususan, mamlakatimizda ilm-fanni moliyalashtirishga sarflanadigan mablag‘ miqdorini 2030 yilga kelib yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga qadar oshirish, uni davlat byudjetidan moliyalashtirish masalasini bosqichma-bosqich ta’minlash taklifi ilgari surilmoqda.

Olimlar, ixtirochilar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, rag‘batlantiriladi va ularga ijod uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Iqtisodiyotning haqiqiy lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronom-mexanizator kabi mutaxassislarning soni ko‘paytiriladi va malakasi oshiriladi.

Davra suhbati davomida bugungi kunda yosh olimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, loyihalari, g‘oyalari, mavjud muammolari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.  

 

Dovud ABIBULLAEV,

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA