English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov oliy ta’lim kvotalarini yo‘q qilish taklifini ilgari surdi
14:37 / 2021-10-06

Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan saylovchilar bilan uchrashuvda "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov saylov oldi dasturidan o‘rin olgan ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taklif va tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.

O‘qituvchilar obro‘-e’tibori va huquqiy maqomini yanada ko‘tarish, ularning ish haqi va ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida” qonun qabul qilinishida tashab¬buskor bo‘lishini qayd etdi.

–Biz oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish tarafdorimiz, – deydi nomzod Bahrom Abduhalimov. – Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jamiyatga katta naf beradi. Har kimga oliy ta’lim olish huquqi erkinligini hamda reytingi yuqori bo‘lgan talabalarning bepul oliy ta’lim olishini kafolatlaymiz. Oliy ma’lumotlilar soni bo‘yicha mamlakat darajasini ko‘tarish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga kirish kvotalarini bosqichma-bosqich oshirib borish, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklini yanada keng joriy etish choralarini amalga oshiramiz.

 

M. Sulaymonov,

M. Qodirov (surat), O‘zA