English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov: “Daromaddan tashqari, yirik xarajatlar bo‘yicha ham deklaratsiya topshirish kerak”
14:42 / 2021-10-15

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod B.Abduhalimov samarqandlik saylovchilarni iqtisodiyot bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslari bilan tanishtirdi.

– Biz monopoliyaga barham berish, raqobatni kuchaytirish tarafdorimiz – dedi B.Abduhalimov. – Adolatli va raqobatbardosh tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilish lozim. Biz daromadlardan tashqari, katta xarajatlar uchun ham deklaratsiya topshirish kerak, deb hisoblaymiz. Tadbirkorlarga qonuniy imkoniyat va imtiyozlar berish orqali mahsulot sifatini qat’iy davlat nazoratiga olamiz, aniq standartlar joriy etib, sifatsiz mahsulot chiqarish hamda narx-navoni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun kuchaytirilgan jazo choralarini qo‘llaymiz. Raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Aholi bandligini ta’minlash sohasida onlayn ish bilan ta’minlash imkonini beradigan “Raqamli iqtisodiyotda aholi bandligini ta’minlash konsepsiyasi – 2030” dasturini ishlab chiqishni taklif qilamiz.  

 

G‘.HASANOV,  

A.ISROILOV (surat), O‘zA