Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov: “Ayol – muqaddas, oila – jamiyat asosi”
17:41 / 2021-09-30

“Adolat” Sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Urganch shahrida o‘tkazilgan saylov oldi uchrashuvida jamiyatda va oiladi ayollar tutgan o‘rni haqida to‘xtaldi.

– Oqila ayollar o‘z mehri bilan oiladagi ijobiy muhitni, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni saqlab turadilar, – dedi B.Abduhalimov. – Partiya oilalarda adolatli munosabatni, ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga asosiy e’tiborini qaratadi. 

Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha milliy indekslarni, shuningdek, tegishli xalqaro reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqamiz. Reproduktiv salomatlik va oilaning demografik rivojlanishini barqaror ta’minlash maqsadida, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini amalga oshiramiz.

Adolatli jamiyat va adolatparvar davlat qurish jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Gender tengligiga erishish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.

– Nomzodning dasturi bilan tanishdim. Ijtimoiy adolatni qaror toptirishda partiya o‘z oldiga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni maqsad qilib olgan, – deydi “Ma’mun” akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz Rahmanova. 

– Dasturda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbir davomida partiya tomonidan xotin-qizlar faolligi va rolini oshirishda bardavom bo‘lib, barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xotin-qizlar vakillarini ko‘paytish masalasi ham ta’kidlandi.

Xotin-qizlarning yanada chuqur bilim va kasb mahoratiga ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, mehnat bozorida ularga imtiyozlar berish, ayollarga o‘z biznesini tashkil etish uchun ko‘maklashish partiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Ahmadjon SHOKIROV, O‘zA