Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Markaziy Osiyo keng qamrovli integratsion hamkorlik maydoniga aylanadi”
18:57 / 2021-10-13

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvida o‘zining saylovoldi dasturida belgilangan tashqi siyosat masalalari yuzasidan taklif va tashabbuslarini aytib o‘tdi.

Nomzod, shuningdek, tashqi munosabatlarda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga mamlakat suverenitetiga ta’sir ko‘rsatadigan, milliy qadriyat va an’analarni kamsitadigan loyihalarda ishtirok etishni ta’qiqlovchi norma kiritish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish, Bosh Qomusimizga nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki qadriyatlariga mos bo‘lmagan har qanday iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorliklarga yo‘l qo‘ymaslikka oid normalarni kiritish yuzasidan ham taklif bildirdi.

– Markaziy Osiyo keng qamrovli integratsion hamkorlik maydoniga aylantiriladi, – dedi Alisher Qodirov. 

– O‘zbekiston tashqi siyosatida eng muhim ustuvor yo‘nalish sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin iqtisodiy va siyosiy munosabatlar yanada rivojlanadi.

Uchrashuvda Alisher Qodirov saylovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan fikr-mulohaza bildirganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda nomzod Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlab, unga ovoz berishga chaqirdi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA