Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Ijtimoiy tarmoq ham foydali, ham xavfli quroldir”
19:40 / 2021-10-07

Alisher Qodirov xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan ko‘p tarqalayotgan tanqidiy fikrlarga munosabat bildirdi.

– Ijtimoiy tarmoq bugunning ham foydali, ham xavfli quroliga aylandi. Asosiy fikr va takliflar chetda qolib, teskari talqin qilingan fikrlar, mavhum akkauntlardan uyushtirilgan munosabatlar, maxsus botlar, odamlarning g‘azabini keltiradigan provokatsion kontekstlar menga nisbatan negativ munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda, dedi nomzod.

Shuningdek, saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, bugun barcha partiyalar, Prezidentlikka nomzodlarga targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun bir xil va teng sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.

– bugungi O‘zbekistonda saylovni yuqori darajada o‘tkazishga so‘nggi yillarda tubdan o‘zgargan hokimiyatning bosimi emas, saylovchining loqaydligi yoki siyosiy tafakkurining zaifligi xalaqit berishi mumkin, – dedi “Milliy tiklanish” nomzodi.

Ahmadjon SHOKIROV, O‘zA muxbiri