Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Buxoro buyuk zotlarga beshik bo‘lgan yurt”
17:05 / 2021-09-30

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da buxorolik saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvni Prezidentlikka nomzodning Buxorodagi ishonchli vakili Abira Huseynova olib bordi. Ishonchli vakil yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

– Buxoro nafaqat O‘zbekistonning, balki butun dunyoning sayqali, g‘ururi va sharafi darajasidagi shahardir, – deydi Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashuvda. 

– Bu yurt dunyo ilm-fani rivojiga, Islom dini taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, qanchadan-qancha buyuk zotlarga beshik bo‘ldi.

Nomzod saylovchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.

– Biz ma’naviy-ma’rifiy poydevorlarimizni mustahkamlashimiz zarur, – deydi Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov. 

– Bugun shiddat bilan insonning mohiyatiga, qadriga ta’sir qilayotgan madaniy siljishlar, inqirozlar bolalarimizga ham ta’sir etmasligi uchun bog‘cha, maktab va oilada tarbiyaga e’tibor berishimiz shart. 

Bolalarimizning nafaqat iqtisodiy farovon, balki ma’naviy barkamol bo‘lishini zimmamizga ola bilishimiz kerak. Butun bor diqqat, e’tiborimiz ham shunga qaratilishi lozim.

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA