Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi”
13:32 / 2021-10-01

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda huquqi buzilib, adolatsizlikka uchrayotgan fuqarolar oramizda bor. Lekin ularning aksariyati sudga va advokatlarga emas, balki boshqa tuzilmalarga murojaat qilmoqda. Aslida ularning huquqini sud-huquq tizimi va advokatkra tuzilmasi himoya qilishi lozim.

Advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi. Sohaga oid qonunchilik asoslari takomillashtiriladi. Moliyaviy imkoniyati cheklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini ko‘zda tutadigan yangi institut tashkil etiladi.

– Inson qadr-qimmatini qadrlaydigan, adolat va haqiqat uchun kurashadigan sudya va advokatlarni tarbiyalashimiz lozim, – dedi A.Qodirov. – Shundagina odamlarimizni rozi qilgan bo‘lamiz. Buning uchun esa yana bir bor ta’kidlayman: inson o‘zgarsagina jamiyat o‘zgaradi.

 

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA