O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Abdushukur Hamzayev Navoiy viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.
Abdushukur Hamzayev "Yashil taraqqiyot uchun!" shiori ostidagi saylovoldi dasturida mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali aholining qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, qonunchilikni takomillashtirish va sud-huquq sohasida islohotlarni amalga oshirish hamda farovon jamiyatni barpo etish kabi takliflar ilgari surilayotgani haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayevning saylovoldi dasturidagi taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi va boshqalarni ham shunga chorladi.

O‘zA