Prezidentlar qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qildilar
Bugun Samarqandda Qirg‘iziston va Tojikiston yetakchilari Sadir Japarov va Emomali Rahmon chegaradagi keskinlik yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
Ikki mamlakat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib olgan.
Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular bu borada bir to‘xtamga kelishgan.
O‘zA