Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentlar Qayroqqumdagi gilam fabrikasini borib ko‘rdi
15:59 / 2021-06-11

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida “Qayroqqum gilamlari” korxonasini borib ko‘rdi.

Bu fabrika 1957 yilda ishga tushurilgan. 2019 yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Navbatdagi ob’ekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.