Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz tashabbuslari yuzasidan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi
18:50 / 2026-01-13

Yoshlar ishlari agentligida yoshlarning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil davomida bildirilgan har bir global tashabbus atroflicha tahlil qilinib, ularning ijrosi hamda yoshlar siyosatida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Ilyos Matlabov tomonidan kelgusi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Tadbir davomida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Xususan, jahon yoshlari tinchlik sari harakatini tashkil etish va uni xalqaro miqyosda rivojlantirish, O‘zbekiston yoshlarini BMTning Bosh qarorgohiga amaliyotga yuborishning barqaror va tizimli mexanizmini joriy etish, yoshlarimizning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarga oid yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish borasida kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA